
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan “Prokuratura organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasi doirasida Bosh prokuraturada navbatdagi ma’rifat tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 228-son qarori haqida hamda Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi boshlig‘i G.Musayev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 229-son qarori mazmun-mohiyati haqida xodimlarga ma’ruza qilishdi.



Kun tartibining ikkinchi qismida Bosh prokuraturaning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi katta prokurori O.Fayzullayev tomonidan o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimda olib borilgan faoliyat va xodimlar o‘rtasida bu illatga qarshi murosasiz kurashish borasidagi manzilli chora-tadbirlar haqida fikr va mulohazalar bildirildi.