
Maqsud bog’chaga olib kelgan o’yinchoq mashinasini do’sti Muzaffar bilan birga o’ynar edi. Shu payt tarbiyachi opa erkin mavzuda rasm chizishni taklif qildi.
Buni eshitgan Muzaffar hammadan yaxshi rasm chizishini aytib, maqtana boshladi. Maqsud do’sti Muzaffardan yordam berishini so’radi. Muzaffar esa »menga o’yinchoq mashinangni bersang, senga chizib beraman”, deb aytdi.
Maqsud bir oz ikkilanib, mashinasini do’stiga berdi. Muzaffar esa unga rasm chizib berdi. Tarbiyachi Maqsudning rasmini olib, maqtay boshladi, buni ko’rgan bolalar bu rasmni Maqsud emas, Muzaffar chizib berganini aytilar. Shunda tarbiyachi bolalarga Muzaffarning bu qilgan ishi “yomon odat” ekanligi, bu yomon oqibatlarga olib kelishini, do’stlar bir-birlariga biror narsa yoki manfaat uchun emas, shunchaki yaxshilik qilishlari kerakligi haqida tushuntirib berdi.