Biz haqimizda

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasi

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Virtual akademiya tadbiri Virtual akademiya taqdimoti
Virtual akademiya

Platforma haqida

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan.

Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Maqsadlar

Virtual akademiyaning maqsadi quyidagilarga ko‘maklashadi

01

Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish

02

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish

03

Korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish

04

Davlat xizmatchilarining bilimlarini baholash va sertifikatlash

05

Bu sohada milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish

Hamkorlik

Bizning hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bo‘lim bo‘yicha saralash

Batafsil

Reyting

Muallif bo‘yicha tartiblash

Batafsil

Narx bo‘yicha tartiblash

Darajalar

Buyurtma bo‘yicha tartiblash