
urayyo biroz erkatoy qiz bo’lib, kimdir undan yordam so’rasa, unga javoban “menga evaziga nima berasiz, konfetmi yoki shokolad?” deb narsa talab qilar edi.
Bir kuni mehmonga kelgan buvisi Surayyoga “qizim menga ko’z oynagimni olib ber” deb iltimos qildi. Surayyo har safargidek “evaziga nima berasiz?” deb turib oldi. Shunda buvisi Surayyoga qarab:
- Qizim sening bu odating yomon odat, bu “poraxo’rlik” deyiladi, dedi.
- Buvijon poraxo’rlik nima? -deb so’radi Nasiba
- Biror bir qilingan yordam, ko’mak evaziga narsa talab qilishlik bu – poraxo’rlikdir, bora-bora bu odatga aylanadi va bu kelajakda yomon oqibatlarga olib keladi. Bunday odamlarni do’sti ham bo’lmaydi.
- Buvijon meni kechiring, boshqa hech kimdan, hatto dugonalarimdan ham bergan yordamim evaziga narsa so’ramayman, -dedi Surayyo ko’zlari yoshlanib. Buvi nabirasini bag’riga bosib, dedi:
-Sen mening eng aqlli va mehribon nabiramsan!