Ta’lim tashkilotlari

4P7A0194-768x512
school 1

Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari

Korrupsiyaga qarshi kurashish ta’limi bolalarga halollik, adolat, rostgo‘ylik kabi qadriyatlarni singdirishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hali abstrakt tushunchalarni tushunishga tayyor bo‘lmasa ham, korrupsiya nima ekanligi, halol bo‘lishning muhimligi va adolatli o‘yin qoidalari haqida tushunchalar bera olish mumkin.

  • ✅ Bolalarga halollik va adolat tushunchalarini o‘rgatish
  • ✅ Korrupsiya tushunchasini bolalarga tushunarli shaklda yetkazish
  • ✅ Halol va shaffof harakat qilish muhimligini bolalar ongiga singdirish
  • ✅ Kichik yoshdan boshlab jamiyatda halollik madaniyatini shakllantirish
photo_2019-12-18_22-46-20-qzledne42k60laph2kr6d39rghg795cmitzwae72tc
images

Maktab o‘quvchilari

Maktab yoshidagi bolalar adolat, halollik va mas’uliyat kabi tushunchalarni anglash darajasiga ega bo‘lganligi sababli, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv kurslarni hayotiy misollar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘tkazish samarali bo‘ladi.

  • ✅ O‘quvchilarga halollik va adolat tushunchalarini o‘rgatish
  • ✅ Korrupsiya va uning jamiyatga zararli ta’sirini tushuntirish
  • ✅ O‘quvchilarda o‘z huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish
  • ✅ Bolalarning tanqidiy fikrlash va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish
1716202827photo_2024-05-20_16-376-768x512
college-campus-for-students-or-university-vector-47969959

Oliy ta’lim muassasa talabalari

Oliy ta’lim muassasalari talabalari jamiyatning eng faol va bilimli qatlamini tashkil qiladi. Ularning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish halol va adolatli jamiyat shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu kurs korrupsiyaning ta’lim tizimiga, jamiyatga va shaxsiy rivojlanishga ta’sirini tushuntirish, shuningdek, talabalarning halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga asoslangan ongini shakllantirishga qaratilgan.

  • ✅ Korrupsiya va uning ta’lim tizimidagi zararli oqibatlarini tushuntir
  • ✅ Talabalarda akademik halollik tamoyillarini shakllantirish
  • ✅ O‘z huquq va majburiyatlarini bilish va qonuniy himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
  • ✅ Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalarni o‘rganish
Salom, xush kelibsiz!
Parolni unutdingizmi?
Ro'yxatdan o'tganmisiz?  Hozir ro‘yxatdan o‘ting

Bo‘lim bo‘yicha saralash

Batafsil

Reyting

Muallif bo‘yicha tartiblash

Batafsil

Narx bo‘yicha tartiblash

Darajalar

Buyurtma bo‘yicha tartiblash